O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Agroklaster” MCHJ faoliyati bilan tanishish jaryonida 2023 yilning 17 fevral kuni Shofirkon tumanidagi “Buxoro Azteks tikuvchilik korxonasiga tashrif buyurdi.
Mazkur loyiha 2022 yil mart oyida boshlanib 90 kun ichida to‘liq qurib bitkazildi va ishga tushirildi. Turkiya, Portugaliya va Yaponiya davlatlaridan eng oxirgi rusumdagi zamonaviy tikuv dastgohlari va boshqa uskunalar keltirildi.
Loyihaning umumiy qiymati 8.7 mln AQSH dollarini tashkil etib to‘liq tadbirkor mablag‘lari evaziga amalga oshirildi.
Elektr energiya sarfini qisqartirish maqsadida korxonada 600 ta quyosh panellari o‘rnatilib, 350 kVt elektr yoki talabning 70% miqdori muqobil energiya manbalari bilan ta’minlangan. Bugungi kunda 1200 nafarga yaqin xotin qizlar ish bilan band. Korxonada ishchilar maxsus kiyim va issiq ovqat bilan ta’minlangan. Tumandagi ishsiz ayollarni kasb hunarga o‘qitish maqsadida fabrika binosining birinchi qavatida bepul o‘quv to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Mazkur to‘garakda kasb hunar o‘rgangan ayollar kelgusida shu fabrikaning o‘ziga ishga qabul qilinadi. Hozirgi kunda bir qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilinib ulardan buyurtmalar qabul qilingan. Joriy yilda 16 mln AQSH dollaridan ortiq tayyor mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 80 foizidan ortig‘i eksportga qolgan qismi ichki bozorda mo‘ljallangan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maxalliylashtirilishi 97 foizni tashkil qilmoqda. Milliy brendni jahon bozoriga olib chiqish maqsadida 10 dan ortiq xorijiy mutaxassislar shartnoma asosida ishga jalb qilingan. Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlarni eksport qilish uchun dunyoning taniqli brendlari xisoblangan Melon Fashion Group, Modis, LC Waikiki kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev jamoa faoliyati bilan tanishdi, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini baholadi, xodimlar bilan suhbatlashdi. Korxonada quyosh panellaridan samarali foydalanaliyotganligi alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz mutasaddilarga bunday zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Matbuot xizmati