Buxoro Agroklaster DZZ korxonasida Pokiston Islom Respublikasi ishbilarmonlari delegatsiyasi tashrifi

Korxona davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan. U o‘zida yirik shoxli qora mollarni boqishdan tortib, uni sutini chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha texnologik zanjirlarni to‘liq birlashtirgan.

Xususan, jamiyat tomonidan sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 6 million AQSH dollarlik investitsiya yo‘naltirilib, 15 yildan buyon ishlamay kelgan, Buxoro shahrining tashlandiq bo‘lib qolgan sobiq Kamaz sentr korxonasiga tegishli 2,6 gektardan iborat bo‘lgan hududda zamonaviy ishlab chiqarish obyekti qad rostladi. Mazkur yirik ishlab chiqarish majmuasida 2 ta yangi bino qurildi.

Bu yerda mavjud ishlab chiqarish binosida Italiya va Rossiyaning oziq-ovqat sanoatida yetakchi bo‘lgan kompaniyalarida tayyorlangan eng zamonaviy texnologik liniyalar, asbob-uskuna va dastgohlar bilan jihozlandi.

Jamiyat tomonidan o‘rnatilgan uskunalar kuniga 60 tonna sutni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, “Lattico” brendi asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mehmonlar bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ekin maydonlaridagi tuproqlarni o‘rganish bilan tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tuproq tahlil laboratoriyasining faoliyatini ham ko‘zdan kechirishdi. Ushbu laboratoriya tashkil etilganidan keyingi qisqa davr ichida ekin dalalaridan tegishli namunlar olinib, ularning taxlillari asosida tuproqqa ishlov berish, ularning tarkibini yaxshilash, o‘g‘itlash va sho‘rini yuvish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan edi va endilikda bu taxlillar doirasini yanada kengaytirish davr talabi bo‘lib qolmoqda.

Shu maqsadlarda laboratoriyaning mutaxassis  tuproqshunoslari ”Agro Smart Map” raqamli qishloq xo‘jaligi platformasidan foydalanib Buxoro viloyatidagi ekin maydonlaridagi tuproqlarning tahlil qilish ishlari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha muayyan ishlarni olib bormoqdalar. 

Shunga ko‘ra laboratoriyaning maydonlari kengaytirilib, u o‘g‘itlarni qo‘llash, almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘simliklarni sug‘orish rejimi va boshqalarni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilganda tuproq va o‘simliklarni agrokimyoviy tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan bir qator qo‘shimcha yangi, zamonaviy xorijiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Mehmonlarga laboratoriyaning ishlash tizimi, afzalliklari, shuningdek, “Buxoro Agroklaster”ning navbatdagi loyihalari haqida so‘zlab berildi. 

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари