Buxoroda bayram tadbirlari.

Buxoro viloyatida "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" va hosil bayrami keng nishonlandi. Ushbu bayramga bag'ishlangan tadbirlar Buxoro tumanidagi "Buxoro-Varnet" MCHJ xorijiy korxonasida o'tkazildi.

Tadbirga viloyatda qishloq xo'jaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo'jaliklari va paxta-to'qimachilik klasterlarining rahbarlari va xodimlari, ilg'or tomorqachilar, olimlar, suvchi-irrigatorlar, mexanizatorlar, agronomlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov so'zga chiqib, yig'ilganlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun, shuningdek, qishloq xo'jalik xodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan tabrikladi.

Hosil bayramida qishloq xo'jaligi sohasidagi ko'p yillik fidokorona mehnati, xalqimiz farovonligi, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari hamda qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh buxoroliklar ko'krak nishonlari bilan mukofotlandilar.

Bundan tashqari, yuqori ko'rsatkichlarga erishgan hamda pilla, g'alla va paxta xirmoniga salmoqli hissa qo'shgan ilg'or fermerlar, umuman, qishloq xo'jaligi sohasi rivojiga hissa qo'shganlar xalq deputatlari viloyat Kengashining faxriy yorlig'i hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Respublika va viloyat taniqli san'at ustalari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi hosil bayrami qatnashchilariga zavqu shavq ulashdi.

 

 

 

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари