Buxoroda hududiy tarmoqlararo yarmarka

         2024 yilning 4-5 aprel kunlari Buxoro shahrida O'zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Buxoro viloyat xokimligi tomonidan tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Yarmarkadan maqsad yirik tarmoq va kichik biznes korxonalari o'rtasida tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini yanada kengaytirish, korxonalarda ishdab chiqarilayotgan mahsulotlar va texnologiyalar, istiqbolli rejalar bilan tanishish, o'zaro xamkorlik va savdo bo'yicha manfaatli shartnomalar tuzishdan iborat bo'ldi.

Yarmarkada "Buxoro agrosanoat" MChJning ekspozisiyasida "Vobkent tola Klaster" MCHJ, "Buxoro Azteks" MCHJ, "Buxoro Gold granit" MCHJ, "Agrotexnolij" MCHJ, Buxoro agrotexnika Garant" MCHJ, "Buxoro Agroklaster DZZ" MCHJ, Buxoro Agroklaster chorva" MCHJ va boshqa korxonalari o'zlarining 50 lan ortiq mahsulotlarini namoyish qildilar, texnologik faoliyatlari bayon etilgan axboriy xujjatlar, kelgusida o'zlashtiriladigan mahsulotlar va loyihalar bilan qatnashchilarni tanishtirdilar.

Yarmarka jarayonida qatnashchilar tashkil etilgan seminarlarda qatnashib, o'zaro tajriba va fikrlar almashdilar.

Yarmarka yakunida "Buxoro agrosanoat" MCHJ ushbu tadbirdagi faol ishtiroki uchun Buxoro viloyat xokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

 

Matbuot xizmati

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари