Buxoro davlat universitetida uchrashuv

     Joriy yil 18-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida ibrat va namuna ko‘rsatayotgan, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlangan edi.

      Ular orasida Azamat Sultonov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlanganligini alohida e’tirof etish lozim. 

Bugun Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan Buxoro viloyati “Buxoro agroklaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sultonov Azamat Akramovich hamda Gʻijduvon tumanidagi «Firdavs O‘ktam Amon omadi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, «Shuhrat» medali sohibasi Djo‘rayeva Iqlima Madjitovna bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. 

    Tadbirni kirish so’zi bilan ochgan universitet rektori Obidjon Xamidov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi, sa’y-harakatlari bilan keyingi yillar ichida mamlakatimizda qishloq xo’jaligi sohasiga oid keng islohotlar amalga oshirilayotganligi, bugungi kunda ta’lim, fan va innovatsiyalarning uyg’unligi, ishlab chiqarish bilan hamkorliklarni kengaytirish masalalariga to’xtaldi. 

 Agrar soha rivojida samarali faoliyat olib borgan Azamat Sultonov va Iqlima Djo‘rayevalar o’z faoliyatlari va kelgusidagi rejalari haqida gapirdilar. Qizg’in savol-javob tarzida kechgan uchrashuvda universitet tadqiqotchilari va yosh o’qituvchilar faol ishtirok etdilar. Shundan so’ng, Azamat Sultonov va Iqlima Djo‘rayevalar universitet rahbariyati tomonidan gul va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. 

      Davlatimiz rahbarining e’tibori, samarali mehnat va tinimsiz izlanishlarning natijasi bo‘lgan ushbu e’tirof yanada katta kuch va g‘ayrat bilan mehnat qilishlariga ishonch bildirildi.

                                                                                                                                                                                                                                          BuxDU yangiliklari

 

 

 

 

 

 

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари