Buxoro davlat universitetning rektori O.X.Xamidov, аgronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani Artikova X.T. va bir guruh professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotlar, amaliy mashg'ulotlar, o'zaro hamkorlik, laboratoriya tahliliy, chiqindilarni qayta ishlash masalalarini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida "Buxoro Agroklaster" MCHJ negizada tashkil etilgan "Buxoro Agroklaster Chorva" MCHJ ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida chorva mollaridan chiqayotgan go'ngni, xlorellali suv bilan yetishtirilgan sifatli organik o'g'it- biogumusga aylantirib, ekologik toza mahsulot olish bo'yicha kelishib olindi. Shuningdek, chorva mollarini oddiy suv bilan emas, xlorellali suv bilan sug'orish va buning hisobiga chorva mollari mahsuldorligiga salmoqli hissa qo'shish, chorva mollari va buzoqlar immunitetini yuqorilashtirishi bo'yicha takliflar berildi.
BuxDU yangilirlari.