Buxoroga vazir tashrifi

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo'ldi.

Qishloq xo'jaligi vaziri Buxoroga tashrifning navbatdagi lokasiyasi bo'yicha "Buxoro Agroklaster" tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda 150 nafar xodim faoliyat yuritib yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanib, ulardan kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi qirq etti turdagi sut mahsulotlari tayyorlanayotgan korxona faoliyatiga tashrifida vazir Ibrohim Abduraxmanov import o'rnini bosuvchi va eksportbop sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag'batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko'paytirishda zamonaviy qishloq xo'jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, masalalariga alohida to'xtalib o'tdi.

Konstruktiv muloqot chog'ida vazir xorijdan olib kelingan urug'lik asosan, paxta va g'allachilik sohasida xorijdan olib kirilayotgan sifatli urug'lik mahsulotlari, jumladan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash borasida o'z takliflarini o'rtaga tashladi.

Tashrif yakunida vazirlik mutasaddi rahbarlari, viloyatning qishloq xo'jaligi boshqarmasi rahbarlari, sohaga aloqador rahbarlar, vazirlikning tizim tashkilotlari viloyat hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda viloyatda agrar soha faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.

 

Matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари